“BAYROQ — MILLAT G‘URURI!” She’rlar chellenjiga start beramiz!
📢 DIQQAT, E’LON! 🇺🇿 🇺🇿 “BAYROQ — MILLAT G‘URURI!” 🎤 She’rlar chellenjiga start beramiz! Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida “Bayroq—millat g‘ururi!” nomli she’rlar chellenji e’lon qilinadi. 📌 Chellenj shartlari: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan she’rni ifodali va ta’sirchan tarzda o‘qing. ✅ She’rni videotasvirga olib, ijodiy yondashuv bilan tayyorlang. ✅ Tayyorlangan videolavhani @AKMPAXTAKOR Telegram sahifasiga yuboring. 📅 Chellenj davomiyligi: E’lon qilingan kundan 18-noyabrga qadar. 🏆 Eng mazmunli, ta’sirchan va ijodiy videolavhalar kutubxonaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi hamda faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantiriladi. 🇺🇿 Bayroq — millat g‘ururi, Vatan sha’ni va xalqimiz iftixori! 📍 Tashkilotchi: Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi. 📲 Videolavhalarni yuborish uchun: @AKMPAXTAKOR