”Ayol baxtli bo’lsa jamiyat baxtlidir” shiori ostida "Onalar bilan bir kun" nomli Onalar kuniga bag’ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Joriy yilnin 17-fevral kuni PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Oqila ayollari hamkorligida ”Ayol baxtli bo’lsa jamiyat baxtlidir” shiori ostida "Onalar bilan bir kun" nomli Onalar kuniga bag’ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Ayol-mehr va muhabbat timsoli, sadoqat va sabr namunasi, hayotimizning bezagi va fayzidir. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar ishtirokida onalarga bag’ishlab she’rlar o’qildi raqslar ijro etildi. Tadbirda kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha fikr mulohazalar almashildi. Tadbirda kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.