” Ayol baxtli bo’lsa -jamiyat baxtlidir ” shiori ostida ”Latofat va Zakovat sohibi” nomli tanlov bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 2- mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani 6-sonli DMTT bilan hamkorlikda o’zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud kuni munosabati bilan” Ayol baxtli bo’lsa -jamiyat baxtlidir ” shiori ostida ”Latofat va Zakovat sohibi” nomli tanlov bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirokchilarimiz tomonidan Zulfiyaxonim xayoti va ijodi haqida keng tushunchalar berib o’tildi.U nafaqat nozik lirika , balki ayol qalbi, sadoqat , muhabbat, vatanparvarlik va insoniy fazilatlarni tarannum etgan ijodkor sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o’rin olgan. Tadbir davomida Zulfiyaxonim she’rlarini ifodali qilib o’qildi, sahna ko’rinishlar qo’shiq va raqslar ijro etildi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbirda 44 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.