”Ayol baxtli bo’lsa jamiyat baxtlidir” shiori ostida Ayollarni e’zozlash oyligi
Joriy yilnin 19-fevral kuni Paxtakor tumani axborot kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman Oqila ayollari hamkorligida ”Ayol baxtli bo’lsa jamiyat baxtlidir” shiori ostida Ayollarni e’zozlash oyligi doirasida ”Mehr va matonat timsoli ” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Mehr -qalbining eng yuksak fazilati , matonat esa hayot sinovlariga bardosh bera olish qudratidir. Bu ikki tushuncha birlashganda komil, sabrli va fidoiy inson obrazi namoyon bo’ladi. Ayniqsa o’zbek ayollari ana shu fazilatlarning yorqin timsolidir. Davra suhbatida davlatimizni ayollarga bo’lgan e’tibori, yaratilayotgan shart-sharoitlar, O’zbekiston ayollari e’zozlangan yurt ekanligi haqida aytib o’tildi. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 14 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.