“Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonun va farmoyishlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Axborot-kutubxona markazida mutaxassislarlarni huquqiy bilim va kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qonun va farmoyishlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsi davomida axborot-kutubxona sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish, kitobxonlarga sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, elektron resurslardan samarali foydalanish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Mahorat darsida 5 nafar mutaxassis ishtirok etdi.