Alisher Navoiyning ijodi haqida davra suhbati bo’lib o’tdi .
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda ”Kitobsevar Millat ” shiori ostida ”Kitobxonlar klubi ” a’zolari ishtirokida Alisher Navoiyning ijodi haqida davra suhbati bo’lib o’tdi . Davra suhbatida o’quvchilarga Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida keng tushunchalar berib o’tildi . A Navoiyning ijodi O’rta Osiyo va turk dunyosida keng tarqalgan bo’lib, asarlari turli tillarda tarjima qilingan va bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega . Davra suhbati davomida o’quvchilar tomonidan Navoiyning she’rlari g’azallari ifodali qilib o’qildi . Davra suhbatida Navoiyning kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi . Davra suhbatida 23 nafar ishtirokchi qatnashdi .