”Alisher Navoiy ” o’zbek adabiyotining asoschisi mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi .
Joriy yilning 20-oktyabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab bilan hamkorlikda ”Kitobsevar Millat ” shiori ostida ”Alisher Navoiy ” o’zbek adabiyotining asoschisi mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi . Davra suhbatida Navoiyning hayoti va faoliyati mashhur asarlari , tarixiy va lirik she’rlari , nashr asarlari va o’zbek tilini ilmiy va badiiy til darajasiga olib chiqganligi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi . Uning asarlari butun Markaziy Osiyo va Turk dunyosida keng o’qiladi va o’rganiladi. Alisher Navoiy o’zbek madaniyati va adabiyotining ramzi sifatida hurmat qilinadi. Davra suhbatida Navoiyning kitoblari ko’rgazmasi ham tashkil etildi . Davra suhbatida 12 nafar ishtirokchi qatnashdi .