AKT bo‘limi tomonidan kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil etildi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi AKT bo‘limi tomonidan kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘zlarining kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlari, qiziqishlari hamda takliflarini bildirdilar. So‘rovnoma natijalari kitobxonlar ehtiyojidan kelib chiqib, yangi loyihalar va xizmatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.