“AI BILAN KITOB SUHBATI” — YANGI AVLOD KITOBXONLIGI!
🤖📚 “AI BILAN KITOB SUHBATI” — YANGI AVLOD KITOBXONLIGI! Bugun kitob o‘qishning o‘zi kifoya emas. Muhimi — o‘qiganingiz haqida fikrlash, savol berish va o‘z nuqtayi nazaringizni bildirish. 🧠 Shu maqsadda Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “AI BILAN KITOB SUHBATI” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha davomida siz: 📖 istalgan sevimli kitobingizni tanlaysiz; 🤖 sun’iy intellekt yordamida noodatiy savollar yaratasiz; 💭 savollarga o‘z fikringiz bilan javob berasiz; 🎥 ijodiy video, audio yoki matn tayyorlaysiz. ✨ Eng mazmunli, qiziqarli va kreativ ishlar markazning ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritiladi. 🔥 Sizning savolingiz — yangi fikr. Sizning fikringiz — yangi kontent! 📞 Murojaat uchun: +998 95 046-95-95 📍 Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi #AIBilanKitobSuhbati #Kitobxonlik #SuniyIntellekt #AI #Yoshlar #PaxtakorAKM