”Adiblar olamiga sayohat” nomli davra suhbati o’tkazildi.
Joriy yilning 5-sentabr kuni ”Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tuman MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorligida ”Adiblar olamiga sayohat” nomli davra suhbati o’tkazildi. Kutubxona mutaxassisi tomonidan o’quvchilarga “Adiblar olamiga sayohat” mavzusining ahamiyati, adabiyotning inson ma’naviyati va tarbiyasidagi o‘rni haqida qisqacha ma’lumot berib, o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi, ularning asarlarini tanishtirdi. Davra suhbati davomida o’quvchilar tomonidan sevimli adiblarning asarlaridan yod olingan she’rlar, hikmatli so‘zlar aytib berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, kitoblar yuzasidan fikr almashildi. Davra suhbatida o’zbek adiblarining kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida 29 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.