“Abay — ma’rifat va hikmat timsoli” deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 10-avgust kuni Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazida qozoq xalqining buyuk shoiri, mutafakkiri, faylasufi va ma’rifatparvari Abay Qunanboyev tavalludining 181 yilligi munosabati bilan “Abay — ma’rifat va hikmat timsoli” deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada Abayning "Tanlangan asarlari", " Jambul" va Abay hayoti va ijodiga bag’ishlangan eslatmalar joy oldi.