8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni
Joriy yilning 6- mart kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan ”Nafosat va Go’zallik bayrami” nomli ma’naviy va musiqiy tadbir bo’lib o’tdi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni O’zbekistonda keng miqyosda nishonlanib ayollarga hurmat va ehtirom ko’rsatish , ularning jamiyat va oiladagi o’rnini qadrlash an’anaga aylangan. Tadbir davomida o’quvchilarimiz ishtirokida onalarga atalgan ifodali she’rlar o’qildi raqslar ijro etishdi va chiroyli shartlar bajarishdi. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi va axborot kutubxona tomonidan o'quvchi qizlarimizga tabriknomalar ustozi diplom bilan taqdirlandi. Tadbirda 39 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.