21-oktabr ”O’zbek tili bayram kuni” munosabati bilan "Davlat tili - milliy iftixorimiz" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi
21-oktabr kuni Paxtakor tumani axborot -kutubxona markazida 21-oktabr ”O’zbek tili bayram kuni” munosabati bilan "Davlat tili - milliy iftixorimiz" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada " O'zbek tilining imloviy lug'ati ", " Istiqlol davri o'zbek Navoiyshunosligi", "O'zbek tili frazeologik lug'at", "O'zbekiston tarixi", "O'zbek tilining katta imlo lug'ati" va boshqa kitoblar joy oldi.