18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Paxtakor tumanida ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
🇺🇿 BAYROG‘IMIZ — G‘URURIMIZ, IFTIXORIMIZ! 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Paxtakor tumanida ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tadbirda tuman hokimining bayram tabrigi F. Qo‘ldoshev tomonidan o‘qib eshittirildi. Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh. Maksudov yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi. Bayram davomida yoshlar tomonidan Vatan madhiga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Sportchi yoshlar ishtirokida ramziy bayroqlar paradi tashkil etildi 🇺🇿 Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va yorug‘ kelajagimiz timsoli! Bayrog‘imiz hamisha baland hilpirab, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat bo‘lsin! 18-noyabr — Davlat bayrog‘i kuni muborak!