15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan oilalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yin tashkil etildi.
Joriy yilning 15-may kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi, Paxtakor tuman hokimi o'rinbosari Durdona Djabbarova, tuman FXDYO bo`limi va tuman MFYlar hamkorligida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan oilalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yin tashkil etildi. Zakovatda faol va bilimdon oilalar ishtirok etib, turli mavzulardagi savollarga jamoaviy hamjihatlikda javob berdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining bilim salohiyati, tezkor fikrlashi hamda oilaviy birdamligini namoyon etdilar. Zakovat yakunida g‘olib va faol oilalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Mazkur intellektual o‘yin oilalarda kitobxonlikni, bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda oila a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Zakovatda 52 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.